Prokuratura organlari tomonidan davlatimiz rahbarining 2024 yil 14 iyundagi “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilinishini fosh etish, to‘lov intizomiga rioya qilinishi, iste’molchilarga yangi turdagi hisoblagichlarni o‘rnatish, eng asosiysi energiya resurslarini tejash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori E.Tadjiyev rahbarligida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish hamda energiya resurslarining talon-toroj qilinishini oldini olish, ularga barham berish bo‘yicha respublika shtabi va hududiy ishchi guruhlar hamda sohaga mas’ul idoralar rahbarlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ijtimoiy soha ob’ektlarining mavsumga shayligi, aholiga va ijtimoiy ob’ektlarga ko‘mir yetkazib berishdagi muammolar tanqidiy muhokama qilindi. Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini o‘z vaqtida fosh etish, ularning oldini olish ishlarini kuchaytirish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri