Rossiyaning Tula shahrida 2025 yil 6-7 yanvar kunlari xokkey bo‘yicha “Yevroosiyo do‘stlik kubogi”ning yakuniy bosqichi o‘tkaziladi va unda mamlakatimiz sharafini “Humo” klubi himoya qiladi.
Shuningdek, mazkur nufuzli musobaqada VXL chempioni “Neftyanik” (Almetevsk, Rossiya), Ekstra-Liga chempioni “Metallurg” (Jlobin, Belarus) hamda VXL vitse-chempioni “AKM” (Tula, Rossiya) jamoalari g‘oliblik da’vosida bahslarga kirishadi.
Ma’lumot o‘rnida: Joriy yilning avgust oyida Toshkent shahri mezbonligida o‘tkazilgan “Yevroosiya do‘stlik kubogi”ning saralash bosqichida “Humo” 6 ochko bilan birinchi o‘rin sohibi sifatida so‘nggi hal qiluvchi final bosqichiga yo‘l olgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA