Kambag‘al oilalardagi o‘zi harakatlana olmaydigan 23 ming odamga ota-onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, aka-ukasi yoki opa-singlisi qarab o‘tiribdi.

Kelgusi yildan mahalladagi ijtimoiy xodimlar va xususiy sektor ishtirokida bu odamlarni 19 mingiga uyida va 4 mingiga kunduzgi qatnov asosida qarab turish yo‘lga qo‘yiladi.

Natijada yaqiniga qarab turgan 15 ming aholining ishlashiga sharoit yaratiladi.

Xususiy sektor bunday xizmatni ko‘rsatgan kambag‘al oilalar xarajatining 80 foizini davlat qoplab beradi.

Bu tajriba Toshkent shahrida 1 martgacha, boshqa hududlarda yil yakunigacha yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

O‘zA