Fuqarolik ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sudining 2024 yil 28 noyabrdagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor S.M.dan “HAMKORBANK” aksiyadorlik tijorat banki Urganch filiali foydasiga jami 255,3 million so‘m kredit qarzini undirish “JETOUR X70S” rusumli avtomashinaga qaratish belgilangan.

Ushbu hujjat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatiga kirishildi. Xususan, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga ushbu ijro hujjati ijrosini ta’minlash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilib, sud qarorining ijrosini ta’minlamaslik oqibatlari tushuntirildi.

Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi sababli, kreditga olingan  avtomashina bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan tegishli tartibda xatlovga olindi va elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqarildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri