FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mita raisi A. Jumanazarov, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari R. Sodiqov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bo‘lim boshlig‘i X. Matmuratov hamda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda mustaqil davlatimiz Konstitutsiyasining ahamiyati hamda uni ishlab chiqishda qonunchilikdagi ilg‘or xorijiy tajribalar tahlil qilingani hamda ota-bobolarimizdan meros mentalitet, yashash sharoiti inobatga olingani xususida so‘z yuritildi. Konstitutsiyada asosiy e’tibor inson va uning huquqiy erkinliklari, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosiga shaxsiy huquq va erkinliklar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarning kafolatlari ta’minlangani hamda Bosh Qomusimizga kiritilgan o‘zgartishlar haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA