Bugun, 3 dekabrdan Tailandning Nakxonratchasima shahrida “World Abilitysport-2024” yoshlar o‘yinlari boshlandi.

Butunjahon yoshlar o‘yinlari maqomida o‘tkazilayotgan mazkur musobaqalarda imkoniyati cheklangan yoshlar para sportning to‘rtta turida g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

“Los-Anjeles-2028” Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikning muhim bosqichi bo‘lgan bu galgi “World Abilitysport-2024” o‘yinlarining ilk kunida bochcha sport turi bo‘yicha bahslar tashkil etiladi.

Musobaqalarda dunyoning ko‘plab davlat sport delegatsiyalari ishtirok etish talabnomalarini taqdim etgan bo‘lsa, O‘zbekistonning  20 nafardan ziyod para sportchilari para yengil atletika va para pauerliftingda sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qiladi.

Tashkiliy qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, para yengil atletika musobaqalarida 138 nafar matonat sohiblari bahslarda ishtirok etsa, pauerlifting bellashuvlarida 40 ta davlat vakillari ishtirokini tasdiqlagan.

O‘yinlar 6 dekabrga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA