To‘rtko‘l tumanidagi Toshkent Gumanitar fanlar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengеsi deputatlari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari J.Settiyev hamda “Qoraqalpog‘iston tongi” gazetasi muharriri N.Matyaqubovalar ishtirokida “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” degan bosh g‘oya ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Takidlanganidek, Yangi O‘zbekiston hayotining turli sohalarida izchil davom etayotgan keng ko‘lamli, qamrovdor va shiddatli islohotlar natijalarini mustahkamlashda yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.
– Yangi tahrirdagi Konstitutsiya xalqimizning oliy maqsadi – inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblangan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni, bir so‘z bilan aytganda yangi O‘zbekistonni barpo etish uchun mustahkam konstitutsiyaviy zamin yaratti,-dedi N.Matyaqubova.
Tadbirda talabalar oʼz huquq va erkinliklariga oid savollariga jovob oldilar.
Maftuna Yusupbaeva,
QMU, Teleradio jurnalistika yunalihsi 3-bosqich talabasi.
Qoraqalpogiston axborot agentligi.