Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan kadrlar bilan ishlash borasida prokuratura, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti va Majburiy ijro byurosi organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar va ularning ota-onalari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda yosh xodimlar va ularning ota-onalari bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasining tarixi va bugunini, prokuraturaning fidoiy xodimlarining mehnat yo‘lini aks ettirgan hamda korrupsiya illatining salbiy oqibatlari va oldini olishga qaratilgan video-roliklar namoyish etildi.

Tadbirda, xodimlarning ongi va qalbiga “Qonun ustuvorligini ta’minlash, inson, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish – har bir prokuratura xodimining sharafli burchidir!” kabi ustuvor konseptual-g‘oyaviy shiorni singdirish, ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga oid mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri