Qirg‘iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida Olimpiya chempioni Qanibek Osmanaliyev sovrini uchun o‘tayotgan XXXVI xalqaro turnirda mahoratli sportchimizning g‘alabasi sharafiga O‘zbekiston bayrog‘i yuksalib, madhiyamiz baralla yangradi.
Xalqaro turnirning erkaklar o‘rtasida kechgan bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Diyorbek Odilov -61 kilogramm vazn toifasida raqiblaridan har jihatdan ustun ekanligini namoyish etdi.
Samarqand og‘ir atletika sport maktabi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Diyorbek dast ko‘tarishda 100 kilo, siltab ko‘tarishda esa 130 kilo natija qayd etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Ushbu vazn toifasida kumush medal qozog‘istonlik Bekbol Sarpashev( 97-121)ga nasib etgan bo‘lsa, bronza medal qirg‘izistonlik Ernis Baktibekovga (Qirg‘iziston) – (95- 120) tegishli bo‘ldi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA