G‘azo hukumati matbuot xizmati bayonotida yana bir hamkasbimiz – Islom universiteti jurnalisti Voil Ibrohim Abu Kafoh ushbu sektorda isroillik harbiy tomonidan o‘ldirilgani aytilgan.

Shu tariqa 2023 yil 7 oktyabrdan buyon urush hududida halok bo‘lgan ommaviy axborot vositalari xodimlari soni 189 nafarga yetdi.

Bayonotda falastinlik jurnalistlar nishonga olinayotgani keskin qoralanib, bunday harakat “o‘ta og‘ir jinoyat” ekani ta’kidlangan.