Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) noyabr oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi.

Birinchi yarim yengil vazn (55,3) toifasida dunyoning yetakchi bokschilaridan biri sanalgan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev yangilangan reytingga kiritilmadi. Ahmadaliyev o‘tgan oy yachkuniga ko‘ra, IBF reytingida 4-o‘rinni egallagandi.

Yarim o‘rta vazn (66,6) toifasida jang olib borayotgan iqtidorli bokschimiz Shahram G‘iyosov o‘tgan oydagidan 1 pog‘ona yuqorilab, IBFning bu oy uchun e’lon qilgan reytingida 8-pog‘onani qayd etdi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA