Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi.

So‘nggi kungi bahslarda vazni 48 kg. bo‘lgan Dilmurod Ma’rufjonov final bahsida Aziz Sattorovni mag‘lub etib, mamlakat chempioniga aylandi. Ushbu vazn toifasida yarim finalga qadar yetib borgan Mixail Li va Konstantin Brostovskiy chempionatning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Qizlar orasidagi -44 kg. vazndagi bellashuvlarda Valeriya Xegay oltin medal uchun o‘tgan jangda Omina Ergashevani taslim qildi. Shuningdek, Odina Jo‘raboyeva hamda Komila Sultonova kuchli uchlikdan joy oldi.

Mamlakat chempionati doirasida Sultonbek Toshpo‘latov, Ziloliddin Fazliddinov, Ahadjon Muxtorov, Javohirxon Xidoyotov yigitlar o‘rtasida, Laylo Hasanova, Mubina Bobosaidova, Sug‘diyona Yo‘ldosheva hamda Gulzora Amirova qizlar orasida mamlakat chempionati g‘olibiga aylandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA