Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi davom etmoqda. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.

Kelgusi besh yilda iqtisodiyotning xususiy sektordagi ulushini 85 foizga yetkazish ham asosiy vazifalardan biri sifatida belgilandi.

Bu borada 2 mingta korxonada davlat ulushini, 5 mingdan ziyod ko‘chmas mulk ob’ektini sotish, 16 ta yirik majmua aksiyalarini IPOga chiqarish talab etiladi.

Hukumat 30 milliard dollarlik xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni ta’minlashi kerak.

Vazirlar Mahkamasi 2025 yilda “tejamkorlik va barqarorlik” tamoyili asosida davlat kompaniyalarini transformatsiya qilishni tezlashtirib, ularning xarajatlarini 15-20 foizga qisqartirishi zarur.

Bu borada 1 milliard dollarlik 18 ta davlat kompaniyasining ulushi berilgan Milliy investitsiya jamg‘armasi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish lozim.

O‘zA