Barchamizga maʼlumki, bugungi kunda zamon rivojlangan, internet yashin tezligi singari ortib borayotgan davrda yashayapmiz har qanday kasb egasi boʼlsin oʼz ishi davomida internet bilan uzviy boqlangan holda faoliyat olib borishi davr talabi boʼlib qolmoqda.

Shu oʼrinda ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar ongiga salbiy taʼsiri shu qadar oshib kettiki, bitta rolik tufayli begunoh oʼspirinlar oʼzlari bilmagan holda oʼzgalarga ozor berib qoʼyish holatlari hech kimga sir emas. Ularning oldini olish, albatta, taʼlim muassasalarining asosiy vazifalariga aylangan. Ayniqsa, bazi umumiy oʼrta taʼlim muassasalari bu hodisaga chuqurroq yondashishyapti.

Shuning uchun ham  bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumanida maktablar oʼrtasida boʼlib oʼtgan suhbatda  Din ishlari boʻyicha qoʻmita tuman bosh mutaxassisi Q.Omonboyev, targʻibot guruhi rahbari Z.Abdullaeva tomonidan Toʻrtkoʻl tumani “Oʻzbekiston” OFYda joylashgan 11-sonli maktabda o‘qituvchilar ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” hamda “Millatlararo totuvlik” mavzusida davra suhbati o’tkazishdi.



Ushbu maktabda ta’lim oʻzbek tilida olib borilgani bois, 1200 dan ortiq oʻzbek, turkman, qozoq va  qoraqalpoq millatlariga mansub oʻquvchi – yoshlar axil – inoq taʼlim olmoqdalar. Oʼqituvchilarga bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, taʼlim olishdagi imkoniyatlar, tinchlik, millatlararo totuvlik, har – xil yot gʻoyalardan saqlanish, ijtimoiy tarmoqlardan toʻgʻri foydalanish haqida tushunchalarni oʼquvchilar ongiga singdirish kerakligi haqida maslahatlar berildi.

Tadbir soʼngida targʼibot guruhi rahbari Z. Abdullayeva: ” Bugun internet asri rivojlanib, turli ijtimoiy tarmoqlar oʼzining har xil usullari orqali yoshlarni oʼz domiga tortmoqda. Turli reklamalar, fake xabarlar, noqonuniy internet oʼyinlari, ayniqsa oʼspirin yoshdagi bolalarga taʼsiri koʼpligi bu ayanchli hol. Shuning uchun ham har bitta maktablarga kirib, ijtimoiy tarmoqlardan notoʼgʼri foyladalishning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berish bizning asosiy vazifamiz. Biz bugun bularning oldini olmasak, katta xatolarga yoʼl qoʼyishimiz, tinch, axil yashab kelayotgan baxtli oilalarning kelajagini jar yoqasiga olib kelgan boʼlamiz. Biz nafaqat, pedagog- oʼqituvchilarni, balki ota-onalarni ham ogohlantirishni kelgusi tadbirlarda tashkillashtiramiz, sababi xalqimizda “qars ikki qoʼldan chiqadi” degan dono hikmat bor” – deydi targʻibot guruhi rahbari.

Biz yoshlar maʼnan yetuk inson boʼlib rivojlansak, hech qanday tashqi kuch va internet oqimi bizga oʼz kuchini oʼtkazolmaydi, bizni yengolmaydi.

 

Maftuna yusupboyeva,

QMU, teleradio jurnalistika

yoʼnalishi 3-bosqich talabasi.

 

Qoraqalpogʻiston axborot agentligi.