O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbol bo‘yicha Osiyo qit’asida Jahon chempionati 3-saralash bosqichining 6-turi doirasida KXDR termasiga qarshi safarda raqobatlashdi.
Laosning Ventyan shahridagi “Lao” stadionida o‘tkazilgan mazkur o‘yinda vakillarimiz 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona golga Abbosbek Fayzullayev mualliflik qildi. Ushbu g‘alabadan so‘ng terma jamoamiz hisobidagi ochkolar soni 13 taga yetdi.
Endi Srechko Katanets boshchiligidagi terma jamoamiz “A” guruhida navbatdagi o‘yinini 2025 yilning 20 mart kuni Qirg‘iziston termasiga qarshi o‘tkazadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA