O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 116-moddasiga hamda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 7-moddasiga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilganligi munosabati bilan:

1. Amaldagi O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi yangi tarkibdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilguniga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turishi belgilansin.

2. Mazkur Farmon rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 

Sh. Mirziyoyev