Joriy yilning 27 oktyabr kuni o‘tkazilgan Parlament saylovlariga muvofiq, Oliy Majlis palatalari yangi tarkibda shakllantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 116-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasida Vazirlar Mahkamasi Oliy Majlis oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 19 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra amaldagi Hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan, amaldagi Vazirlar Mahkamasi Hukumat faoliyatida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash maqsadida yangi tarkibdagi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilguniga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turishi ma’lum qilinadi.