O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi davom etmoqda.
Majlisda tashkiliy masala ko‘rildi.
Konstitutsiyaning 101-moddasiga muvofiq, Prezident Oliy Majlis Senati Raisi lavozimiga senator Tanzila Norboyeva nomzodini taqdim etdi.
Tanzila Norboyeva davlat va jamoat boshqaruvida boy tajribaga ega ekani, o‘tgan davrda shu lavozimdagi samarali faoliyati natijasida mamlakatimizda xotin-qizlar, bolalar huquqlarini ta’minlash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vaziyat sezilarli ravishda yaxshilangani ta’kidlandi.
Senatorlar nomzodni bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi.
O‘zA