Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi chaqiriq Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida ishtirok etmoqda.

Hokim ham, kengash raisi ham, avvalo, o‘z hududida yashayotgan aholi manfaatlarini yetakchi o‘ringa qo‘yib, bir jamoa bo‘lib ishlashi lozimligi qayd etildi.

Ayni paytda Konstitutsiyada belgilanganidek, tuman, shahar va viloyatlar miqyosida qonun hujjatlarini so‘zsiz ijro etish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy,  madaniy va ekologik jihatdan rivojlantirish uchun hokimlar mas’ul va javobgar.

Senat esa mahalliy hokimlik va kengashlar hamjihat faoliyat yuritishi, o‘zaro munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etishi uchun ularga yaqindan yordam berishi ushbu jarayonlarni to‘g‘ri tashkil etishga xizmat qilishi bildirildi.

Prezident yuqori palatani tuman va shahar kengashlariga ham hokimlar raislik qilmasligi bo‘yicha islohotga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi.

O‘zA