Nyu-York Federal zaxira banki – FED hisobotiga ko‘ra, amerikaliklarning kredit kartalari bo‘yicha qarzi o‘sishda davom etmoqda va yangi rekordga yetdi, deya xabar bermoqda “Fox Business” nashri.

Kredit kartalari bo‘yicha umumiy qarz uchinchi chorakda 1,17 trillion dollarga o‘sdi, bu o‘tgan chorakka nisbatan 24 milliard dollarga ko‘p. Ushbu ma’lumotlar “FED”tahliliga ko‘ra, 2003 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Yuqori inflyatsiya kundalik ehtiyojlar uchun ko‘proq pul to‘lashga majbur bo‘lgan AQSH fuqarolariga jiddiy moliyaviy bosim keltirib chiqardi.

Shunday qilib, benzin, oziq-ovqat va ijara narxi oktyabr oyida o‘tgan oyga nisbatan 0,2 foizga, o‘tgan yilga nisbatan 2,6 foizga oshdi. Oktyabr oyida asosiy inflyatsiya 2,4 foizdan 2,6 foizgacha biroz ko‘tarildi va ehtimol Federal zaxira banki yaqin kelajakda stavkalarni pasaytirish rejalarini davom ettirishi mumkin.