Toshkentda qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon kubogi bosqichi so‘nggi kunida jamoaviy bahslar bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, qizlar orasida tashkil etilgan jamoaviy bellashuvlarda Ayakoz Jumamuratova, Guliston Perdibayeva, Samira Shakirova, To‘lqinay Bekbaulieva kabi qilichbozlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi Bolgariya, Vengriya, Hongkong, Xitoy, Qozog‘iston, Ruminiya, Turkiya, Polsha termalari bilan bahslashdi.

Quvonarlisi, qizlar terma jamoasi finalda Bolgariya termasini 45:31 hisobida mag‘lub etib, jahon kubogi g‘olibiga aylandi.

Yigitlar o‘rtasida Islombek Abdazov, Sardor Abdukarimbekov, Zuhriddin Qodirov, Alpamis Urakbayevdan iborat terma jamoamiz so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida Qozog‘iston terma jamoasini 45:35 hisobida mag‘lub etdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur jahon kubogi bosqichining yakkalik bahslarida milliy terma jamoamiz a’zosi Errera Lara Luisa Fernanda qizlar o‘rtasida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yigitlar orasida Islambek Abdazov oltin, Zuhriddin Qodirov esa kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA