– Janub bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor bo‘lgan davlatlar ommaviy axborot vositalari xolis va ishonchli axborot tarqatishi kerak, – dedi Rossiya Federatsiyasi axborot-telegraf agentligi – TASS bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Mixail Gusman Braziliyaning San-Paulu shahrida o‘tkazilgan Global janub OAV va tahlil markazlari sammitida.
– Mintaqa mamlakatlarining ijobiy va xolis media muhitini yaratish uchun muvozanatli va haqqoniy axborot maydoni yaratilishi lozim. Global janub OAV dezinformatsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha umumiy mexanizm ishlab chiqishi zarur. TASS hamkorlar bilan soxta ma’lumotni tan olish va faktni tekshirish bo‘yicha eng yaxshi tahririyatlar tajribasini baham ko‘rishga har doim tayyor. Jurnalist huquqi tez-tez poymol etilayotgan bir sharoitda hamkasblarimizning kasbiy burchini bajarish huquqi himoya qilinishi shart.
Gusman sammit ishtirokchilariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning BRIKS davlatlari va dunyo janubi ko‘plab muammolar bo‘yicha o‘xshash qarashlar tufayli hamkorlikda muvaffaqiyatli ish olib borishi mumkinligi haqidagi so‘zlarini eslatdi. Shuningdek, sentyabr oyida TASS tashabbusi bilan tashkil etilgan BRIKS media sammitida100 dan ziyod mahalliy va xorijiy mutaxassis ishtirokida soxta axborotga qarshi kurash bo‘yicha umumiy yondashuvni shakllantirish masalasi muhokama qilinganiga e’tibor qaratdi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA