Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida nutq so‘zladi.
Bugungi majlis mamlakatimiz hayotidagi muhim sana – davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi bilan bir kunda o‘tayotganligida ramziy ma’no mujassamligi ta’kidlandi.
Milliy davlatchiligimiz, mustaqilligimiz va erkimiz ramzi bo‘lgan bayrog‘imiz o‘tgan davrda yirik xalqaro ilm-fan, madaniyat va sport tadbirlarida va shohsupalarida baland xilpirab, barchamizning qalbimizdan chuqur joy olib, milliy g‘ururimiz timsoliga aylandi.
Fursatdan foydalanib, davlatimiz rahbari deputatlarni, ular orqali ko‘p millatli butun xalqimizni bugungi katta bayram bilan samimiy qutladi.
O‘zA