Toshkent shahrida yangi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi tashkiliy majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Majlisda Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalarning fraksiyalarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Majlis kotibiyatiga tegishli tartibda tuzilgan Qonunchilik palatasidagi 5 ta siyosiy partiya fraksiyasining rahbarlari tomonidan fraksiyalar tuzilganligi to‘g‘risida ta’sis bayonnomalari topshirilib, ularni ro‘yxatga olish haqida murojaat etildi.

Jumladan: 63 nafar deputatdan iborat Qonunchilik palatasidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasini,

28 nafar deputatdan iborat Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasini,

21 nafar deputatdan iborat Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining fraksiyasini,

19 nafar deputatdan iborat Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasini,

16 nafar deputatdan iborat O‘zbekiston Ekologik partiyasining fraksiyasini, ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qaror loyihasi ovozga qo‘yildi.

Ochiq ovoz berish yo‘li bilan ushbu masalalar tasdiqlandi.

Shuningdek, majlisda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitalarini tuzish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.

O‘zA