Amerika qurollarining Ukrainaga shoshilinch yetkazib berilishi ushbu aslahalar tezda yo‘q qilinishiga olib keladi, deb yozdi Geostrategik tadqiqotlar markazi tahlilchisi Lukas Leyrosning InfoBRICS e’lon qilgan maqolasida.
– Vashington qurol-yarog‘ bilan ta’minlashni tezlashtirib, yetkazib berish va saqlash bilan bog‘liq muhim masalani baholay olmayapti, – dedi Lukas. – Bu ruslar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Ya’ni, qurollarni Kiyev qo‘llaguncha, yo‘q qilish imkoni bor.
Ma’lumki, AQSH prezidenti saylovida g‘alaba qozongan Tramp Ukrainadagi vaziiyatni muzokara yo‘li bilan 24 soat ichida hal qila olishini bir necha bor ta’kidladi. U oldin ham AQSHning ushbu masalaga yondashuvini, shuningdek Vladimir Zelenskiyni ham tanqid qilgan.
Tramp XIX asrdan beri to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng Oq uyga qaytgan birinchi AQSH siyosatchisidir.
Shtatlardan kelgan Saylovchilar kollegiyasi 17 dekabr kuni saylovchilar xohishiga ko‘ra nomzodlar uchun ovoz berishi kerak, 6 yanvarda yangi Kongress ovoz berish natijasini tasdiqlaydi. 20 yanvar kuni esa Prezident inauguratsiyasi bo‘lib o‘tadi.