O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Nukus shahrida sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabul davomida xorijiy davlatlarga stajirovkaga yuborish, ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash, talabalar amaliyoti va ish bilan ta’minlash bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi. Shuninglek, magistratura ta’limi, elektron platformalar (HEMIS) faoliyati, ilmiy-innovatsion va startap loyihalar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatchilarga mutaxassislar ishtirokida javob berildi.
Sayyor qabul natijasida 19 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi. Qolgan 28 ta masala yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriq berilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri