O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bokudagi iqlim sammiti doirasida Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim al-Malikni qabul qildi.

Amaliy hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma gumanitar loyihalarni ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.

ICESCO bilan hamkorlik bo‘yicha milliy komissiyani tezroq tuzish muhimligi qayd etildi.