Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Yevropa siyosiy hamjamiyati beshinchi sammiti ish boshladi. Ushbu forum ko‘hna qit’a oldida turgan muammolarga bag‘ishlangan.

Kun tartibidan noqonuniy migratsiya va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash kabi muhim masalalar o‘rin olgan.

Anjumanda ishtirok etayotgan 40 dan ziyod davlat va hukumat rahbarlari Donald Trampning AQSH prezidenti etib qayta saylanishi munosabati bilan yuzaga kelgan vaziyatni ham muhokama qilishi kutilyapti.