Poytaxtimizdagi “Paxtakor” qilichbozlik zalida yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari davom etmoqda.
Mazkur musobaqaning navbatdagi kunida shpaga yo‘nalishi bo‘yicha qilichbozlar jamoaviy bahslarda ishtirok etdi. Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda “Buxoro 1” jamoasi barcha raqiblarini yengib, kubokni qo‘lga kiritdi. O‘g‘il bolalar o‘rtasida esa “Qoraqalpog‘iston 2” jamoasiga teng keladigani topilmadi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 noyabr kuni mamlakat kubogida qilichbozlikning rapira turi bo‘yicha yakkalik bahslari start oladi. Ushbu yo‘nalishning jamoaviy bellashuvlari esa 7 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA