Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat mudofaa vaziri Yoav Gallantni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda hukumat rahbari devoni bayonotida aytilgan.

– O‘rtamizdagi ishonchga darz ketdi, – degan davlat rahbari. – Bir necha bor oramizdagi qarama-qarshilikni yo‘qotishga harakat qildim, ammo ziddiyat faqat kuchayib bordi.

Mahalliy matbuot yozishicha, eng yuqori harbiy idora yetakchiligini amaldagi tashqi ishlar vaziri Isroil Kats egallagan.

Bosh vazir matbuot xizmati xabarida tashqi siyosat bo‘yicha vazir lavozimi “O‘ng statistlar” partiyasi yetakchisi Gideon Saarga taklif qilingan.

Ayni payt Isroil Demokratik partiyasi rahbari Yair Golan mamlakat fuqarolarini Gallant chetlatilishiga qarshi ko‘chalarga chiqishga chaqirdi. Siyosatchi tegishli murojaatni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida tarqatgan.

Ma’lumki, Netanyaxu va Gallant ancha vaqtdan beri kelisholmayapti. Bosh vazir bu masalani avvalroq ham ko‘tarishga uringan, biroq norozilik namoyishlari tufayli qaroridan voz kechgan.