Xokkey bo‘yicha Qozog‘iston ochiq muntazam chempionati doirasida Toshkentning “Humo“ xokkey klubi Qarag‘andaning “Sariarka“ jamoasi bilan raqobatlashdi.

Poytaxtimizdagi “Humo arena“ majmuasida o‘tkazilgan ushbu o‘yinda “Humo“ klubi raqibini 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Bugun, 1 noyabr kuni ushbu jamoalar o‘rtasida ikkinchi uchrashuv tashkil etiladi. Mazkur bahs “Humo arena“ majmuasining kichik arenasida soat 19:30 da boshlanadi.

Ma’lumot o‘rnida: ayni paytda “Humo“ 13 ta o‘yinda 15 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida yettinchi pog‘onada bormoqda, “Sariarka“ esa 15 ta o‘yin bilan 21 ochko to‘plab, 3-o‘rinni egallab turibdi. Chempionat peshqadami 18 ta o‘yinda 25 ochkoni qo‘lga kiritgan “Nomad” jamoasidir.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA