Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan o‘tayotgan yig‘ilishda qayd etildi.
Viloyat aholisi yildan-yilga ko‘paymoqda. Odamlarning talabi ham, tadbirkorlikka qiziqishi ham kundan-kunga oshayapti.
Lekin, shunday salohiyat turib, Navoiyda haligacha kambag‘al oilalar borligi shuncha yirik korxonasi bor viloyatga yarashmasligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mutasaddilarga chetga ishlashga ketgan odamlar bilan gaplashish, ularning oila a’zolaridan xabar olish, daromadini oshirish uchun sharoit yaratish topshirildi.
Bu masalalarga jiddiy qaramagan rahbarlarga xulosa ham jiddiy bo‘lishi qayd etildi.
Kichik biznes, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va baliqchilikda mavjud imkoniyatlarni ishga solib aholi daromadini oshirish, 4 ta tuman tajribasi asosida 140 ming aholini band qilish, kelgusi yilda Navoiyga 500 ming xorijiy turistni jalb qilib, eksportni 150 million dollarga yetkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
O‘zA