Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan o‘tayotgan yig‘ilishda qayd etildi.
Prezident mahalliylashtirish masalasida mutasaddilar korxonalar bilan yaqindan hamkorlik qilishi zarurligini ko‘rsatib o‘tdi.
Tadbirkorlarimizga kerakli standartlar yetkazilsa, import bo‘layotgan mahsulotlarni bemalol o‘zimizda chiqarish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi. Minglab ish o‘rni ham yaratiladi.
Daryo, soy va kanallarni betonlash, kichik GES qurishga ham xususiy sektorni faol jalb qilish muhimligi ta’kidlandi.
Kichik GESlar “sanoat ipotekasi” asosida tadbirkorlarga beriladi. Bu suv bo‘ylarida zamonaviy savdo va servis ob’ektlari ham tashkil qilinadi. Bu Navoiy tajribasi bo‘ladi.
O‘zA