Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Davlatimiz rahbari avvalo 27 oktyabrda mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan parlament saylovi borasidagi fikrlarini aytdi.
Qayd etilganidek, ushbu saylov Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirayotgan tub islohotlar samarasini o‘zida yaqqol aks ettirdi, demokratik taraqqiyotimizni yorqin ifodasi sifatida hayotimizda o‘chmas iz qoldirdi.
Prezidentimiz ko‘p millatli xalqimizga saylovlarda yuksak siyosiy madaniyat va faollik ko‘rsatib, fuqarolik burchini mas’uliyat bilan ado etgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, xalq vakili degan yuksak maqomga ega bo‘lgan barcha yurtdoshlarimizni chin qalbdan tabrikladi.
Saylovlar natijasida yurtimizda huquq va vakolatlari sezilarli darajada kuchaygan yangi vakillik organlari tizimi ham shakllangani ta’kidlandi.
O‘zA