Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi.
“Z.T.” xususiy korxona va “Ch.Z.” oilaviy korxona mas’ul shaxslari fuqaro A.A.ga tegishli Nukus ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasi binosida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 1,5 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri.