“RIA Novosti” yozishicha, Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova jurnalistlar uchun uyushtirilgan brifingda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan saylovga to‘xtalib, ovoz berish jarayoni ochiq, raqobat sharoitida, adolatli va jiddiy qonunbuzarliksiz o‘tganini ta’kidlagan.

– Rossiya bahosiga ko‘ra, saylov ochiq, raqobatbardosh, adolatli kechib, O‘zbekistonning yangilangan Konstitutsiyasi va Saylov kodeksiga to‘liq mos holda, hech qanday jiddiy qonunbuzarliksiz o‘tdi, – degan u. – Voqelik o‘zbek xalqi irodasini aks ettiradi, yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha mamlakat Prezidenti tomonidan e’lon qilingan yo‘nalishni davom ettirish imkonini beradi. Shu ma’noda O‘zbekiston xalqini tabriklashga asos bor.

Bayonotda qayd etilishicha, Rossiya tomoni saylov kampaniyasi va ovoz berish jarayonini diqqat bilan kuzatib borgan:

– Rossiya vakillari MDH, SHHT, YeXHT orqali hamda ikki tomonlama formatda, xususan Federal Majlis, Markaziy saylov komissiyasi, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa xalqaro kuzatuv missiyalari tarkibida ishladi.