5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik sayloviga bir hafta qolganda 51 milliondan ortiq AQSH saylovchisi muddatidan oldin ovoz berish imkoniyatidan foydalangan.
“The Hill” nashri yozishicha, millionlab fuqaro 60-prezidentlik sayloviga tayyorgarlik jarayonida pochta orqali va saylov uchastkalarida ovoz bermoqda.
Florida universiteti saylov laboratoriyasi ma’lumotiga ko‘ra, muddatidan oldin saylovda qatnashish ruxsat etilgan shtatlarda 24 milliondan ko‘p odam pochta orqali o‘z tanlovini bildirgan, 27 millionga yaqin kishi esa shaxsan ovoz bergan.
Bu raqam 2020 yildagi 154 millionlik ko‘rsatkichning qariyb uchdan bir qismidir. O‘shanda fuqarolar COVID-19 pandemiyasi tufayli pochta orqali ommaviy ravishda ovoz bergan.
Michigan, Pensilvaniya va Shimoliy Karolina kabi muhim shtatlar allaqachon 1,44 milliondan ziyod barvaqt ovozni qayd etgan. Bu saylov oldidan Demokrat va Respublikachi nomzodlar uchun muhim ahamiyatga ega.
Eslatib o‘tamiz, AQSHda muddatidan oldin ovoz berish saylov kuniga qadar davom etadi va pochta orqali yoki saylov uchastkalarida rasmiylashtirilgan byulletenlar 5 noyabr kuni berilgan ovozlar bilan birga saylov uchastkalari yopilgandan keyin sanab chiqiladi.
2020 yil mamlakat prezidenti saylovida rekord darajadagi 66,6 foiz saylovchi ishtirok etib, 159 millionga yaqin odam ovoz bergan edi.
G.Sattorova O‘zA