Shu kunlarda Xalqaro shaxmat federatsiyasi delegatsiyasi mamlakatimizda mehmon bo‘lib turibdi. Dasturga binoan kecha mehmonlar Samarqand shahrida bo‘lib, qadimiy va hamisha navqiron shaharning diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi.

Bugun Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti Arkadiy Dvorkovich O‘zbekistonga yetib keladi.

Mehmonlarning poytaxtimizda bunyod etilayotgan “Olimpiya shaharchasi” va boshqa muhim sport hamda madaniyat maskanlari bilan tanishishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rahbarlari bilan rasmiy uchrashuvlar tashkil etilishi kutilmoqda.

T.Ro‘ziyev, O‘zA