Qozog‘istonda yugurish bo‘yicha xalqaro marafon o‘tkazildi. Ushbu xalqaro marafonda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan atletlarimiz ham shohsupaga ko‘tarildi.

Jumladan 21 km. 97,5 m. masofaga o‘tgan yarim marafonda Baxtiyor O‘tkirov belgilangan masofani 1 soat 5 daqiqa 29 soniyada uchinchi bo‘lib bosib o‘tdi. Azizaxon Mirzakbarova 1 soat 20 daqiqa 2 soniyada finish chizig‘iga yetib keldi.

Shuningdek, 42 km. 195 m. masofani tashkil etuvchi marafon bahslarida hamyurtimiz Bekzod Baymatov 2 soat 22 daqiqa 19 soniya natija qayd etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, mazkur “Turkistan Marathon”da atletlarimiz 2 ta kumush va 1 ta bronza jamg‘ardi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA