Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “Ajiniyoz – qoraqalpoq adabiyotining faxri” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 16 iyuldagi “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazilgan tadbirda xorijiy davlatlardan, shu bilan birga, respublikada faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlaridan professor-o‘qituvchilar, izlanuvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Konferensiyada so‘zga chiqqanlar Prezidentimiz tashabbusi bilan xalqimizning sevimli shoiri Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘lining 200 yilligi YUNESKO doirasida xalqaro miqyosda nishonlanadigan yubileylar qatoriga kiritilganligin ta’kidladi. Shu bilan birga, shoir hayoti va ijodi, asarlarining nafaqat qoraqalpoq adabiyotida, balki o‘zbek, qozoq, turkman va boshqa turkiy xalqlar hamda jahon adabiyotida tutgan o‘rni, XIX asr qoraqalpoq adabiyoti rivojida Ajiniyoz ijodining ahamiyati, bugungi kunda uning asarlari o‘rganilishi va kelgusi avlodlarga yetkazilishi kabi masalala bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Anjuman yakunida yig‘ilganlar e’tiboriga universitet jamoasi va bir qator iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi havola etildi..

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri