Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev Nukus shahridagi 7-saylov uchastkasidan o‘zi tanlagan nomzodga ovoz berdi.
Ayni paytda Orolbo‘yida ham Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, shahar hamda tuman Kengashlar deputatlariga saylovlar qizg‘in davom etmoqda.
Mazkur saylov uchastkasida 2 ming 602 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan. Ulardan 38 nafari ilk bor ovoz beruvchi yoshlardir. Shuningdek, keksa yoshdagi va nogironligi bo‘lgan 35 nafar fuqaroning yashash joylarida ovoz berishi tashkil etilgan.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri.