Turkiya harbiy-havo kuchlari Iroq va Suriya shimolida joylashgan terrorchilarning 32 manziliga qarata zarba berdi. Bu haqda Milliy mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Vazirlik Anqaraning harakati BMT Nizomi 51-moddasida mustahkamlangan davlatning o‘zini-o‘zi himoya qilish huquqiga asoslanganini ta’kidladi.

– Ko‘p terrorchi yo‘q qilindi, – deyilgan tegishli bayonotda. – Foydalanilgan barcha o‘q-dori Turkiyada ishlab chiqarilgan. Begunoh aholi yoki Anqara bilan do‘st kuchlar, shuningdek madaniy va tarixiy ob’ektlarga hech qanday zarar yetkazilmadi.

Rasmiylar mamlakatga qarshi terror tahdidi butunlay yo‘q qilinishiga qat’iy ishonch bildirgan.