Qozon shahrida o‘tayotgan BRIKS global sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Sberbank” prezidenti va boshqaruvi raisi German Grefni qabul qildi.
Uchrashuvda raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar va ta’lim sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Toshkent shahrida raqamli texnologiyalar sohasida yuqori malakali mutaxassislar va muhandislar tayyorlashga ixtisoslashgan “Maktab 21” ta’lim muassasasining ikkinchi kampusi ish boshlaganidan mamnuniyat bildirildi.
Shuningdek, bank sektori va shahar infratuzilmasini boshqarishda samarali raqamli yechimlarni joriy etish bo‘yicha muhim qo‘shma loyihalar qayd etildi.