Bugun, 23 oktyabr kuni Albaniyaning Tirana shahrida sport kurashlari bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida davom etayotgan jahon chempionatida hamyurtimiz Doniyorxon Nakibov -77 kilogramm og‘irlikda bronza medali uchun kurashga kirishadi.
Kecha musobaqaning saralash bahslarida hamyurtimiz norvegiyalik Lyudvik Xerman Xatlandni 8:0, nimchorak finalda amerikalik Jeyms Xanterni 7:1 va chorak finalda vengriyalik Tamas Attila Toyesmagini 9:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Moldovalik Aleksandrin Gutuga qarshi yarim final bahsida Nakibov 1:6 hisobida imkoniyatni boy bergan tarzda 3-o‘ringa da’vogarlik qiladigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 27 oktyabrga qadar davom etadigan jahon chempionatining kechagi kungi bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Alisher G‘aniyev oltin medalni qo‘lga kiritdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA