O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida Latviyaning sobiq prezidenti, hozirda mamlakat basketbol assotsiatsiyasi rahbari Raymonds Veyonis boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan basketbolning rivoji mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot davomida Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov mamlakatimizda o‘yin sport turlariga berilayotgan e’tibor, xususan basketbolning rivoji yo‘lida qilinayotgan ishlar, sportchilarimizning “Parij-2024” yozgi Olimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritgan tarixiy natijasi, “Toshkent-2025” yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonlari, “Los-Anjeles-2028” yozgi Olimpiya o‘yinlari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuvda keyingi yillar O‘zbekistonda professional sport turlarini rivojlantirish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratilganiga yuqori baho berildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA