Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
Prezidentimiz Toshkent shahridagi holatga alohida to‘xtaldi.
Poytaxtning drenaj tizimi ishiga qat’iy e’tiroz bildirildi, kuni kecha bo‘lgan kuchli yomg‘ir haqiqiy ahvolni ko‘rsatgani qayd etildi.
Drenajni to‘g‘irlashning o‘zi yetarli emasligi, suvni havzalarda to‘plash tizimini qilib, daraxtlarni sug‘orishga ishlatish maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.
Umuman, poytaxtdagi tuman hokimlari joyiga chiqib, drenaj, yashillik, obodonlashtirish kabi masalalarni tepasida turib o‘zi hal qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Bundan tashqari, poytaxtda daraxtlarning kasallanishi ham ko‘paygani qayd etildi.
Shahar hokimligiga yil yakunigacha master-reja qilib, drenaj tizimini sun’iy havzalar bilan birga qurish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.
O‘zA