Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Bunga global iqlim o‘zgarishi bilan birga noqonuniy daraxt kesilishi, suv kamayishi, tartibsiz chorva boqilishi oqibatida cho‘l yaylovlari degradatsiyaga uchrayotgani ham sabab bo‘lmoqda. Cho‘llardagi o‘simliklar turlari ham keskin kamaygan.

Davlatimiz rahbari aholi ko‘payib borayotgan sharoitda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha eng katta zaxiramiz – yaylovlar ekaniga e’tibor qaratdi. Shu bois, yaylovlardan foydalanishga ehtiyoj yildan-yilga ko‘payib borayotgani ta’kidlandi.

Endilikda 16 million gektar yaylov yerlarini boshqarish Veterinariya qo‘mitasiga o‘tkazilishi belgilandi.

Qo‘mitaga yil yakunigacha cho‘llarni degradatsiyadan chiqarish bo‘yicha uch yillik dastur tayyorlash topshirildi. Kelgusi yilda bu maqsadlar uchun dastlab 50 million dollar grant mablag‘lari jalb etiladi.

O‘zA