FOTOREPORTAJ

Kuz – yig‘im-terim fasli. Ayni dam dehqonu sohibkorlar mehnati mahsuli – hosilni yig‘ib olish bilan band.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanining Juzimbag‘ ovulida yashovchi Damegul Xudoyberganovaning olma bog‘ida ham hosil har yilgidan mo‘l. Bog‘dagi sariq, qizil, yashil rangdagi olmalarni ko‘rib, ko‘zingiz quvnaydi.

– 2017 yil davlatdan ijaraga 21 gektar yer olib, “Agroimpeks” fermer xo‘jaligini tashkil qilgan edik, – deydi Damegul opa. – Shundan 10 gektar maydonda intensiv usulda yangidan bog‘ barpo qildik. Daraxtlarni zamonaviy, suvni tejovchi texnologiyalar yordamida sug‘oramiz. Bu yil hosildorlik anchayin yaxshi. Demak, daromadimiz ham shunga yarasha mo‘l bo‘ladi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA