Nukusda talaba-yoshlar o‘rtasida sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Talaba – yugur” ko‘ngillilar yugurish sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Nukus shahridagi barcha oliy ta’lim muassasalaridan talabalar, shuningdek, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Musobaqa sportning nafaqat jismoniy sog‘lomlik balki birlashuv va do‘stlikning ifodasi ekanligini yana bir bor namoyish etdi. Erta tongda boshlangan musobaqa yurtimizda yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishning ortib borayotganini va sog‘lom avlod tarbiyasiga bo‘lgan e’tiborning muhimligini tasdiqladi.
G‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari topshirildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.