“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan tizim tarkibiga kiruvchi shahar va tuman elektr ta’minoti korxonalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga katta e’tibor qaratilmoqda.
Qoraqalpog‘iston hududiy filiali tarkibidagi Taxiatosh tumani elektr tarmoqlari korxona binosini yangidan qurish uchun 3 milliard 668,6 million so‘m mablag‘ ajratilishi fikrimiz isbotidir. E’tiborli tomoni shundaki, loyiha bo‘yicha ikki qavatli binoda xodimlar uchun barcha shart-sharoit yaratish ko‘zda tutilgan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Qoraqalpog‘iston hududiy filiali direktori A.Nurimbetov tomonidan binoning dastlabki g‘ishti qo‘yildi va qurilish ishlari boshlandi. Mazkur zamonaviy inshoot yil yakunida foydalanishga topshirilish rejalashtirilgan.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri.